“Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasi rahbari Xidirnazar Allaqulov Andijonda kaltaklangan bo‘lishi mumkin. Partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ovozlarni yig‘ish jarayonida bir guruh erkak va ayollar paydo bo‘lib, janjal uyushtirishgan. Andijon viloyat IIB voqea o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev muxolifat jamiyat barqaror rivojlanishining asosiy faktorlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Uning fikricha, bugun O‘zbekistonning jamiyati muxolifat bo‘lishidan manfaatdor. Senator muxolifat tabiiy tuzilishi kerakligini aytib, «hokimiyat berilmaydi, hokimiyat uchun kurashish kerak» degan aqidani esladi. U OAVlarini hozirgi kunda nihoyatda muhim muxolifat deb bilishini qayd etdi.
Adliya vazirligi «Haqiqat va taraqqiyot» sotsial-demokratik partiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etdi. Vazirlik arizalar va ilova hujjatlari tegishli qonun talablariga rioya qilinmagan holda taqdim qilinganligini ta’kidladi. O‘zbekistonda partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 20 ming fuqaro imzosi talab qilinsa, «Haqiqat va taraqqiyot» partiyasi 9,8 ming imzo yig‘gan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting